Benzema yana sobiq jamoasiga qaytadimi?
"Real" Madrid klubi forvardi Karim Benzema faoliyati yakunida sobiq jamoasi hisoblangan "Lion"ga qaytishi mumkin. Bu haqda OL TV nashri xabar tarqatmoqda.
“Men “Lion”ga qanday bog‘langanimni hamma yaxshi biladi. Tez orada u erga qaytishim mumkinmi? Yo‘q. Hozir men dunyoning eng zo‘r jamoasida o‘ynayapman. Lekin, u erga qaytib, faoliyatimni o‘sha erda yakunlashim mumkin. Men hozir ham “Lion”ni kuzatib boraman”, - deydi Benzema.
Aytish kerakki, Benzema 2009 yil 35 million evro evaziga “Real”ga aynan “Lion”dan ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar