Benzemaning qarori o‘zgardi
“Real” hujumchisi Karim Benzema ikki yil muqaddam amaldagi shartnomasini uzaytirganida uzoq muddatli bitimni qabul qilmay, 2023 yilning yozigacha qolishni ma’qul ko‘rgandi.
Manbalarning ta’kidlashicha, bu mavsum yuqori samaradorlikni namoyish qilayotgan frantsiyalik hujumchining fikri o‘zgardi.
Endi Karim madridliklar bilan hamkorlikni yana uzaytirmoqchi bo‘lyapti. Tabiiyki, klubga bundan xursand. Mutasaddilari 34 yoshli futbolchiga ikki yillik shartnoma tayyorlamoqda.
Benzema barcha turnirlarda 44 ta o‘yin o‘tkazdi va raqiblar darvozasini 44 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 15 ta golli pas uzatdi.

Fikrlar