Berbatov: "Real" Azarni sotish masalasini ko‘rib chiqishi kerak

  • 4 fevral, 2021, 23:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi Dimitar Berbatov “Real” yarim himoyachisi Eden Azar haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Real” Azarni sotib yuborish variantini o‘ylab ko‘rishi kerak. U Ispaniyaga kelganidan buyon juda ko‘p jarohat olmoqda va bu unga “Chelsi”dagi kabi yorqin o‘yin ko‘rsatish uchun to‘sqinlik qilmoqda.

Agar bu tasodifiy narsa bo‘lsa, bu bitta savol, ammo haqiqat shundaki, futbolchi qayta-qayta jarohat olmoqda. Bu uni qiynayotgan yana bir muammo borligidan dalolatdir. Eden “Real”da hech narsani isbotlagani yo‘q va u yozda jamoadan ketsa, bundan hayratlanmayman”, - dedi Berbatov.

Eslatib o‘tamiz, “Real” Azarni 2019 yilning yozida “Chelsi”dan sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!