Berdievning yangi fishkasi, iqtidorli Maks va g‘alaba kalitiga aylangan start sxema. "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvini tahlil qilamiz!

  • 3 oktabr, 2022, 05:21
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 10
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Superliga tarixidagi eng sifat borasida yuqori bo‘lgan o‘yinlardan biriga guvoh bo‘ldik. Unda futbolchilardan ko‘ra murabbiylarning to‘qnashuvi birinchi planga chiqib ketdi. Shu bois, SPORTS.uz o‘quvchilari uchun bahsni to‘liq tahlilini qilishga qaror qildik. To‘g‘risi, bu bahs tahlilini yozishning o‘zi insonga zavq ulashdi. Murabbiylarning ketma-ket yurishlari, 2-3 martadan o‘zgartirilgan sxema va Berdievning yangi “fishkasi” haqida batafsil to‘xtalamiz.

Tecno

Start

Oyin avvalda tanlangan sxema

O‘yinga tanlangan reja ikki jamoa bosh murabbiyida tamomila ikki xil bo‘ldi. Maksim Shatskix Sayfievning yo‘qligini bilintirmaslik uchun chap qanot himoyasiga Aziz Turg‘unboevni tashladi. Narigi qanot himoyasida Alijonov to‘p surgan bo‘lsa, markazda himoya uchligi Azmiddinov, Nasonov va A’zamovdan tashkil topdi. Markazda Hamrabekov-Sobirxo‘jaev joylashgan bo‘lsa, ulardan sal oldinroqda Cheran va Hamdamov o‘tdi. Bonashak sof hujumchi sifatida qoldi. Maks imkon qadar to‘pni qanotlar orqali olib yurishga va raqibni chuqur himoyalanishga majbur qilmoqchi bo‘ldi.

Berdiev bahsga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani uning o‘yinga tanlangan tarkibi va taktikasidan sezildi. Raqib birinchi raqamli bo‘lib harakat qilishini sezsa ham erta pressingga suyangan keskin 3-4-3 bilan “jangni” boshladi.

Nasafni kuchli pressingi 41 daqqa

Nasaf ilk daqiqlardan pressingni boshladi

O‘yining ilk 30 daqiqasida “Nasaf” raqibni maydonda birinchi raqam bilan harakat qilmasligi uchun kuchli pressingga murojaat etdi. Oldingi chiziqdagi hujum uchligi Lima-Norchaev-Bozorov “Paxtakor” uchun juda noqulay tarzda joylashtirildi. Oybek yoki Norchaev markazga yaqinroq joylashib olgan bo‘lsa, qolgan ikki hujumchi jamoa hujumini davom ettirishi uchun bo‘sh zona yaratishga intildi. Saitov – Nasrullaev qanotda himoyadan ko‘ra hujumga yaqinroq harakat qildi.

Nasrullayev oldinga chiqib ketmoqda

Nasrullayev oldinga chiqib ketmoqda 2

Debyutdagi omadsizlik birinchi bo‘limning o‘zidayoq darrov ko‘rinib qoldi. “Paxtakor” biror marotaba xavli vaziyat yarata olgani yo‘q. “Nasaf” esa, aksincha 2 bor gol kiritishga yaqin keldi. E’tiborlisi, ularning barchasi o‘yindagi kombinatsiyalardan so‘ng paydo bo‘ldi. “Sherlar” vaziyatdan chiqib ketish ilinjida nimalarnidir o‘zgartirishga urundi. Cheran ortga “qaytib” to‘p nazoratini jamoasiga olib berishga harakat qildi, ammo kuchli pressing bunga yo‘l qo‘ygani yo‘q. “Paxtakor” a’zolari esa, nisbatan passiv pressing bilan harakat qildi.

Paxtakor pressing qilmayapti

Bejizga, Maksim Shatskix jamoasining jismonan raqibga imkoniyatni boy berganini matbuot anjumanida aytgani yo‘q. Bu omil yakunda o‘yin taqdirini hal qilib berdi. O‘ylashimcha, bahsning ilk 30 daqiqasida “Nasaf” a’zolari qolgan 60 daqiqadagidan ko‘ra ko‘proq masofani bosib o‘tdi. Raqibga bo‘sh zona qoldirmaslik uchun hatto himoya uchligi ancha oldinroqqa chiqib kutib olishni boshladi. Shatskix Berdiev o‘zidan ko‘ra shaxmat tili bilan aytgan debyutni yaxshi boshlaganini sezib, nimadir o‘zgartirishga kirishdi, biroq kech qoldi. Saitov hisobni ochdi. Tabloda ortda qolishni boshlagach, Maksning o‘yin uchun qilgan barcha rejalari barbod bo‘ldi. “Nasaf” esa aksincha, pressingni bir soniyaga ham to‘xtatgani yo‘q. Norchaev va Lima aynan shu vazifani bajarish uchun yaxshigina kuch sarfladi. O‘z jarima maydonchasidayoq kuchli qarshilikka uchrayotgan “Paxtakor” ikkinchi qavatdan uzatmalarga murojaat etishni boshladi. Bu baland bo‘yli 3 markaziy himoyachi bilan o‘ynayotgan “ajdarlar” uchun engil sovg‘aga aylandi. “Paxtakor”ning markaziy himoyasidagi birorta futbolchida birinchi pas yordamida “Nasaf”ning erta pressingini sindira olmadi.

Paxtakor himoyachilari birinchi pasni berishga urunmoqda

Taym oxirlariga borib, “Paxtakor” himoyachilari keng joylashib olgan xolda vaziyatni o‘zi tomonga og‘dirishga urindi, ammo barchasi besamar. Mehmonlar gol kiritgach, biroz pressing tempini tushirib, raqibni maydon markazida ikkita blok qo‘ygan xolda kutib olishni boshladi. Oybek Bozorov aldamchi to‘qqizlik sifatida markazga o‘tgan bo‘lsa, Lima va Norchaev to‘liq yarim himoyada ter to‘kdi. Soddaroq qilib aytganda, birinchi bo‘limda “Nasaf” barcha aspektlarda “Paxtakor”dan kuchliroq bo‘ldi.

Marra yaqin

“Nasaf” “Paxtakor”ni juda yaxshi o‘rganganini ko‘rsatib qo‘ydi. Birinchi taymdagi murabbiylar duelida Berdiev Maksdan bir qadam oldinda bo‘ldi. Ikkinchi taym startida Maksim Shatskix bekorga murabbiy sifatida “Paxtakor”ga chaqirilmaganini ko‘rsatdi. U qo‘rqmasdan o‘yinni qayta qurishga qaror qildi. Birinchi bo‘limda eng faol bo‘lgan Hojiakbar Alijonovni Abbosbek Fayzullaevga almashtirib yubordi. Shu tariqa jamoa sxemasi klassik 4-2-3-1 ga o‘zgardi.

paxtakor vaziyatni ozgartirmoqda 2 sxema

Bu maydon egalarining o‘zagini tashkil etuvchi ijrochilar uchun qulay sxema. Bundan tashqari, bu yurish orqali “super Maks” birinchi 45 daqiqalikda o‘yindan tushib qolgan Sardor Sobirxo‘jaev va Odil Hamrobekovni o‘yinga qo‘shib yubordi. Natijada, to‘p nazorati darrov “Paxtakor” tomonga o‘tdi.

4 himoyachi

Chap qanot himoyasida Turg‘unboev qolgan bo‘lsa, o‘ng qanot himoyasi Nasonovga topshirildi. Markazda Azmiddinov-A’zamov tandemi. Abbosbek va Doston qanotdagi hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasiga o‘tgan bo‘lsa, Cheran sof markaziy hujumchi sanalgan Bonashakning ortidan o‘rin egalladi. Bunday keskin burilish o‘yin kartinasiga ta’sir ko‘rsatdi. “Paxtakor” sekin-asta hujumlarni qanot bo‘ylab uyushtirishni boshladi. Fayzullaev 2 bor ta’qibchisidan qochib ketib havli vaziyat yaratdi. “Paxtakor” bir so‘z bilan aytganda o‘yinga qaytdi, ammo tablodagi hisobga ta’sir ko‘rsata olmadi. “Nasaf” mudofaada juda zich va tartibli o‘yin ko‘rsatgani bunga yo‘l qo‘ymadi.

Mozgavoy va Stanoyevich tayanz zonasiga qaytdi

Berdiev hamkasbi vabankka borayotganini ko‘rib, ehtiyotkorlikni oshirdi. Akmal Mozgovoy va Marko Stanoevichni ortga surib raqibga birinchi raqamda to‘p surish imkoniga qo‘shib to‘p nazoratini ham topshirdi. Erta pressingdan voz kechdi. Jamoa dominantlik qiluvchi pozitsiyani topshirib, to‘liq qarshi hujumga o‘tdi.

Finish

Bu qarorini murabbiy Norchaev o‘rniga tezkor Solovyovni “jangga” tashlagani bilan isbotladi. Endi, oldinda himoyachilarga bosim o‘tkazadigan Husayndan ko‘ra, istalgan paytda katta tezlikda oldinga o‘ta oladigan Ivan “Nasaf”ga ko‘proq naf keltiradi, deb hisobladi Berdiev. Maks o‘yinni qutqarib qolishga intildi, ammo bahsning 78-daqiqasida “Nasaf” ustozi yana bir yurishni amalga oshirdi. Oybek Bozorov va Marko Stanoevich o‘rnini Suhrob Nurullaev va Alibek Davronov egalladi.

Nasaf chuqur himoyada 3 sxemaa

Shu tariqa 3-4-3 sxemasi 5-4-1 ga o‘zgardi. E’tiborlisi shundaki, Berdiev yana bir fishkasini ko‘rsatdi. Alibek Davronov markaziy himoyachiga aylangach, Umar Eshmurodov libero pozitsiyasida harakat qilishni boshladi. Afsonaviy Italiya himoyasini mashxur bo‘lishida xizmat qilgan bu pozitsiya egalarini “tozalovchi” ham deb atashadi. U himoya chizig‘idan salgina oldinroqda joylashib oladi va mudofaadan qaytgan to‘plar va uzoq masofadan beriladigan zarbalarga blok qo‘yish vazifasini oladi. Shuningdek, tayanch zonasida raqib hujumini kutib oladi.

Eshmurodov libero5

Eshmurodov libero4

Eshmurodov aynan shu pozitsiyada hakam tomondan qo‘shib berilgan vaqtni qo‘shib hisoblasa 17 minut harakat qildi va markazni berkitdi. Natijada, “Paxtakor” bahs so‘nggidagi shturmda faqat ikkinchi qavatdan uzatmalar bilan hujum qilishga majbur bo‘ldi. So‘nggi 10 daqiqada Nasrullaev va Saitov umuman oldinga o‘tgani yo‘q. Faqat Lima Kruz passiv pressingda ishtirok etdi. Qolganlar orqada zich va tartibli himoyalandi. Suhrob va Ivan qanot yarim himoyasiga tushirilganiga qaramay, Nasonov va Turg‘unboevni qo‘riqlash bilan shug‘ullandi. Aynan shu sababli “Paxtakor” birorta golga tortadigan vaziyat yarata olmadi.

Xulosa

tsua

“Nasaf” butun 90 daqiqa davomida birorta pozitsion xatoga yo‘l qo‘ymadi. Qaysidir ma’noda, o‘yin taqdirini birgina gol hal etgandek ko‘rinishi mumkin, ammo yuzaga kelgan ustunlikni 3 ochkoga qadar etkazib qo‘yish ham bir mahorat aslida.

Berdiev yosh hamkasbiga qarshi o‘yinda bor tajribasini ishga soldi va faoliyatidagi eng muhim g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Shatskix esa karerasidagi ilk jiddiy mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Shunga qaramay, bu mutaxassis potentsiali bor ekanligini, o‘zgarishlardan cho‘chimasligini ko‘rsatdi. Uning o‘sha uchrashuvdagi raqibi qanchalar urunmasin, yaqinlashishga intilmasin bir qadam oldinda bo‘ldi. Yakunda, “Nasaf” yaxshi debyut, tartibli himoya va kuchli pressing evaziga Toshkentdan Qarshiga 3 ochko bilan qaytadigan bo‘ldi. “Paxtakor” kurashda davom etadi.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
03/10/2022 10:29
Насаф уйинчилари галаба козонди. Рузикул акани хам хизмати бор, лекин Насаф уйинчилари махорат бобида Пахтакордан устун туриши бор гап! Бундай таркибни шакллантирган Бердиевга рахмат! Макс да хали вакт бор. У хам мураббийлик махорати ва кобилияти бор булган келажаги буюк мураббий булади. Шацких хам, Бердиев хам украин футболи мактабида тарбияланган.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
03/10/2022 08:35
Nurullo Tuhtasinov. degan uyinchi Navbahorga uynaydi. nasaf Suhrob Nurulloev. uynaydi. hech qisi yuq. bulib turadi.
&
03/10/2022 09:47
Ярим кечи билан ёзиб тонгга яқин жойлаган. чарчоқда хато кетиб қопти. бутун бошли мақолада фақат шу нарсани кўрганизга қойил. ўзбеклар қўлида чоп билан туғилади дигани рот гап
Baxil Alihuja
03/10/2022 10:33
Хато хаммада булади! Макола хакикий санъат асари! Узини журналист хисобловчи Диёр урнак олса арзийди! Яхёхужани чин дилдан табриклайман. Узбеклар чупни ёмонларга карши ишлатса яхщи буларди. Афсуски рахбарлардан чуп ёрдамида талаб килувчиларни узимизникилар чуп билан йикитади.
Baxil Alihuja
03/10/2022 10:19
Койил Яхёхужа! Жуда зур тахлил ва аъло макола!
Ishoq Ruziev
03/10/2022 06:45
Labanovski ta'limini olgan Shatskix Berdiev ta'limini ham olib qo'y
&
SamariddinShukurov
03/10/2022 13:21
Роса ҳаракат қилибсиз, мақола зўр. Кўпроқ китоб ўқишни маслаҳат бераман. Жумла тузишда камчиликлар кўп. Ишингизга омад!
. мансур
03/10/2022 07:36
Арвеладзе ҳам Бердиевга қарши биринчи ўйинида ютқазган эди, кейин эса Рўзиқулга 10 марта мастер-класс ўтиб берди, Максдан ҳам шуни кутиб қоламиз
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
03/10/2022 08:38
Haqiqatdan Arveladze. birinchi uyinga yutqazuvdi. keyin esa kuchi etmaslegini bilib. tuliq Nasafcha uyin Shakllanteruvdi. Nasaf asosiy fuguralari olib ketib. bu ham Nasafka ancha foyda buldi. chunki uziga mos raqobat kamanda buluvdi. ketishi oldi Nasaf yana solib yuboruvdi.
Baxil Alihuja
03/10/2022 10:23
Арвеладзе мураббий сифатида ёш ва тажрибасиз узбек мураббийларидан кучлирок. Лекин у биронта яхши натижага эришмаган. Кучли таркиб билан хам Насафни енга олмаганди, факат хакамлар ёрдамида енгиб келган. Макс хакикий мард йигит! Маглубиятни тан олди. Мураббий сифатида Макс Шотадан анча кучли!!!