Bernardu Silva "Barselona"ga o'tishi mumkin
"Manchester Siti"ning sobiq yarim himoyachisi Bernardu Silva "Barselona"ga o'tishi mumkin. Bu haqida jurnalist Fernando Polo xabar berdi.
Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar portugaliyalik futbolchini o'z safiga qo'shish niyatida, ammo hozircha transfer bozorida boshqa ustuvor vazifalarga e'tibor qaratilgan.
"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik hozircha ushbu transferni ma'qullamagan. Uning fikricha, yarim himoya chizig'ida futbolchilar soni yetarlicha ko'p.
Shu sababli, Bernardu Silva kelishidan oldin klub tarkibdan bir futbolchi bilan xayrlashishi kerak bo'ladi. Ehtimoliy nomzod sifatida Mark Kasado ko'rsatilmoqda.
Silva 2025/26 mavsumda "Manchester Siti" safida barcha musobaqalarda 53 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Portugaliyalik futbolchi 2017 yildan buyon "shaharliklar" tarkibida o'ynab kelayotgan edi.

Fikrlar