Bernardu Silva bu superklubga o'tishdan bosh tortdi

  • 22.05.2026 11:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva oʻz kelajagi boʻyicha muhim qarorlarni qabul qilishiga toʻgʻri kelmoqda.

Manchesterdan ketadigan pleymeyker jahon chempionatiga qadar keyingi ish joyini hal qilib olmoqchi. Ana shu maqsadda u bir necha klublar bilan muzokaraga kirishgan.

La Gazzetta dello Sport nashri maʼlumotlariga koʻra, portugaliyalik futbolchining agenti Jorje Mendes yaqinda “Yuventus” bilan hamkorlik masalasida uchrashuv oʻtkazgan edi. Enji maʼlum boʻlishicha, Bernardu Silva “Yuventus”ga oʻtishdan bosh tortgan va Turin klubi bilan shartnoma imzolamaydi.

Buning oʻrniga yarim himoyachi faoliyatini Ispaniyada davom ettirishga moyillik bildirmoqda.

Ispaniya klublari orasida Silvani oʻz safiga qoʻshib olishga “Barselona”, “Real” va “Atletiko” qiziqish bildirmoqda.

Bernardu Silva “Manchester Siti”ga 2017 yilda “Monako”dan 50 million yevroga oʻtgan edi. Uning shartnomasi 2026 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.

Joriy mavsumda yarim himoyachi “shaharliklar” safida barcha turnirlarda 52 ta oʻyinda qatnashib, uchta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!