Bernardu Silva ham arablarning puliga uchadimi?

  • 20 iyun, 2023, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Bernardu Silva faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Saudiya klublaridan birining vakillari futbolchining agenti Jorje Mendesh bilan bog‘lanib, hamkorlikning moliyaviy shartlarini muhokama qilishdi, deb xabar bermoqda The Athletic. Ammo Portugaliya terma jamoasi a’zosiga bu borada rasmiy taklif tushganmi yoki yo‘qligi hozircha ma’lum emas.

Yarim himoyachi faoliyatini Evropada davom ettirishni afzal ko‘rmoqda - unga PSJ va "Barselona" qiziqish bildirmoqda. Ammo u shunga qaramasdan o‘ziga bo‘ladigan barcha variantlarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Bernardu Silva "Manchester Siti"da 2017 yildan beri to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsumda APLda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!