Bernardu Silva kutilmagan superklub bilan muzokara boshladi

  • 12.03.2026 16:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” sardori Bernardu Silva joriy mavsum yakunlangandan keyin faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport ma'lumotiga ko‘ra, portugaliyalik futbolchini “Yuventus” klubi o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaraga kirishgani aytilmoqda. Turin klubiga tajribali pleymeykerni qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi.

Bernardu Silvaga hozirning shўida “Inter”, “Galatasaroy” va “Pari Sen-Jermen” kabi qudratli jamoalar ham da'vogarlik qilmoqda.

Manchesterliklar Bernardu Silvani o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun  2017 yilda “Monako” klubiga 50 million yevro to‘lgan edi. Bugungi kunda 31 yoshli yarim himoyachining Transfermarkt portalidagi bozor 27 million yevroga teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!