Asosiy mazmunga oʻtish

Bernardu Silva transferiga ruxsat tegdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Tez kunlarda yangilik bo‘ladi

Ispaniya chempionatida ikki marta ketma-ket g‘alaba qozongan “Barselona” klubi bosh murabbiyi Hans-Diter Flik “Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva bilan shartnoma imzolanishini ma’qulladi.

Bu haqida RAC1 xabar berdi.

Avvalroq futbolchining transferi bo‘yicha yakuniy qaror bosh murabbiy fikriga bog‘liq ekani aytilgandi. Bernardu Silvaning o‘zi ham Kataloniya klubiga o‘tishga rozilik bildirgan.

Portugaliyalik futbolchiga “Atletiko Madrid”, “Benfika”, shuningdek Turkiya, Fransiya, Italiya va Saudiya Arabistoni klublari ham chorlov yuborgan edi.

Bernardu Silvaning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi. U 2017 yildan beri “shaharliklar” safida to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 53 ta o‘yinda qatnashib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q