Besh mashhur futbolchi APLda qaysi jamoa chempion bo‘lishini aytdi

  • 17 avgust, 08:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasida porlagan sobiq futbolchilar mamlakat chempionatining yangi mavsumida ishtirok jamoalarning bosh sovrin uchun imkoniyatlariga baho berdi.

Tecno

Goal.com sayti mavsum yakunlariga ko‘ra, kuchli to‘rtlikdan o‘rin olgan jamoalarni aniqlash maqsadida tashkil qilgan so‘rovnomada “Manchester Yunayted” himoyachisi Rio Ferdinand, “Liverpul”ga sardorlik qilgan Stiven Jerrard, Angliya terma jamoasining mashhur hujumchilari – Teo Uolkott, Alan Shirer va Jermeyn Defo ovoz berdi.

Qizig‘i shundaki, ekspertlarning aksariyatini fikri bir xil chiqdi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 2025-2026 yilgi mavsum yakunida Premer-liganing kuchli to‘rtligi quyidagicha ko‘rinish olishi taxmin qilinmoqda.

Stiven Jerrard:

“Liverpul”, “Arsenal”, “Manchester Siti”, “Chelsi”.

Rio Ferdinand:

“Liverpul”, “Arsenal”, “Manchester Siti”, “Chelsi”.

Alan Shirer:

“Liverpul”, “Arsenal”, “Manchester Siti”, “Chelsi”.

Teo Uolkott:

“Liverpul”, “Arsenal”, “Manchester Siti”, “Chelsi”.

Jermeyn Defo:

“Liverpul”, “Manchester Siti”, “Chelsi”, “Arsenal”.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!