
"Besh tashabbus" shiori ostida ayollar stol tennisi bo‘yicha raqobatlashdi
Ushbu tashabbus doirasida Toshkent shahar Uchtepa tumani 1-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabida "Besh tashabbus" shiori ostida xotin-qizlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent shahar hokimiyati, mamlakatimiz stol tennisi federatsisyasi va qator hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan mazkur sport bayramida 100ga yaqin havaskor xotin-qizlar o‘zaro raqobatlashdi.
Musobaqadan ko‘zlangan maqsad, yoshlarni, ayniqsa, ayollarni bo‘sh vaqtlarini sport bilan band etgan holda ularning salomatligini yanada yaxshilashdir, – deydi O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi Saida Mahmudova – Davlatimiz rahbari ilgari surgan "Beshta tashabbus" doirasida o‘tkazilgan mazkur musobaqa do‘stona ruhda o‘tdi.
Tadib yakunida ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



Fikrlar