Besh yuzdan ortiq bolaga Erling Holandning nomi berildi

  • 13.07.2026 15:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Perulik ota-onalar 2026 yilgi jahon chempionati davomida Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand sharafiga besh yuzdan ortiq bolaga uning ismini qo‘yishdi. Bu haqida RFI xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Holandning mundialdagi o‘yinlari uning Perudagi ommaviy mashhurligi keskin oshishiga sabab bo‘lgan. Hozirgacha 468 bolaga Holand, yana 91 yangi tug‘ilgan chaqaloqqa to‘liq Erling Holand, deb nom qo‘yilgan. Ayni paytda bunday ism­lar ro‘yxatdan o‘tkazilishi Norvegiya – Braziliya uchrashuvidan (2:1) so‘ng keskin ko‘paygani qayd etilmoqda. Ushbu o‘yinda skandinaviyalik hujumchi ikki gol urgan edi.

Futbol yulduzlari sharafiga ism qo‘yish Peruda ommaviy hodisaga aylangan. Mamlakatda 3402 kishi Messi ismini olib yuradi, ulardan 292 nafarida to‘liq ism — Lionel Messi qayd etilgan. Shuningdek, 1185 kishi Krishtianu Ronalduni nomini, 1241 kishi Lamin Yamal sharafiga qo‘yilgan ismni, 33809 kishi esa Neymar ismini olib yurgani ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan boshlab AQSh, Kanada va Meksika hududida o‘tkazilmoqda. Musobaqaning final bahsi 19 iyul kuni AQShning Ist-Raterford shahrida bo‘lib o‘tadi. Amaldagi jahon chempioni sifatida Argentina terma jamoasi maydonga tushmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!