Beshta superklubdan taklif olgan Xoland qay birini tanlaydi?

  • 25 fevral, 2022, 11:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundesliga vakili “Borussiya” hujumchisi Erling Xoland bir paytning o‘zida beshta superklubdan taklif oldi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, Dortmunddan ketishga hozirlanayotgan norvegiyalik to‘purarga PSJ, “Barselona”,  “Real”, “Manchester Siti” va “Bavariya” jiddiy qiziqish bildirmoqda va yozda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Xolandning o‘zi Ispaniya chempionatida to‘p tepishni orzu qilyapti. Biroq, moliyaviy tomondan ispan klublari PSJ va Angliya klublari bilan raqobalasha olmaydi. “Bavariya” esa futbolchilarga katta maosh to‘lashga ko‘nikmagan.

Hozircha, Xoland kelajagi haqida bir qarorga kelgani yo‘q. 22 yoshli o‘yinchi joriy mavsumda Bundesligada 14 ta o‘yinda qatnashib, 16 ta gol urdi va beshta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!