Beyl taqdirga tan berdi. U 19 may kuni "Santyago Bernabeu" bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda
"Real" Madrid vingeri Garet Beyl o‘zining “qirollik klubi”dagi faoliyati yakunlanganini sezmoqda.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra uelslik futbolchi La Liganing so‘nggi 38-turidan o‘rin olgan "Betis"ga qarshi bahsda maydonga tushib, "Santyago Bernabeu" bilan xayrlashmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, Beyl bosh murabbiy Zinedin Zidanning qarori bilan so‘nggi 2ta o‘yinda xatto qaydnomaga ham kiritilmadi. Frantsiyalik mutaxassis uni yangi mavsumda jamoasida ko‘rishni xohlamasligini ham bildirgan.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Beyl “Real” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 231ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 102ta gol hamda 64 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, "Real" - "Betis" uchrashuvi 19 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi.

Fikrlar