
Beyl va Ronaldu o‘rtasida mojaro bo‘lganmi?
"Real"ning sobiq futbolchisi Garet Beyl sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu bilan munosabatlari haqida gapirdi.
“Men odamlarning Krishtianu bilan munosabatlarim keskinligi haqida gapirayotganini eshitdim. Biroq, biz hech qachon muammoga duch kelmadik. Hech kim bilan janjallashib qolganimni eslolmayman. Qiyin paytlarda ham kiyinish xonasida yaxshi muhit hukm surardi. Madridda vaqtimni ajoyib o‘tkazdim", - deya 33 yoshli uelslik futbolchining so‘zlarini keltirmoqda "The Times".
Eslatib o‘tamiz, Beyl 2013 yildan 2022 yilgacha Madrid jamoasini himoya qilgan. Garet "qirollik klubi" safida 258 ta o‘yin o‘tkazib, 106 ta gol urgan va 58 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar