Beylga xaridor topildi
«Chelsi» bosh murabbiyi Antonio Konte «Real» yarim himoyachisi Garet Beylni o‘z jamoasiga olib kelishni istamoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, italiyalik mutaxassis Diego Kostaning «Atletiko»ga sotilishidan tushgan pulni uelslik futbolchini xarid qilish uchun sarflamoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Kosta sentyabr oyida 58 million funt sterling evaziga «matraschilar» safiga o‘tgandi. Oldinroq Beylga «Manchester Yunayted» qiziqayotgani haqida xabar tarqalgandi.
Garetning «Real» bilan shartnomasi 2022 yilning yozida nihoyasiga etadi. Ammo madridliklar uni sotishga qarshi emaslar.

Fikrlar