Bilasizmi, "Qo‘qon-1912" "Lokomotiv"ni ilk bor mag‘lubiyatga uchratdi

  • 21.08.2020 22:17
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Coca-Cola Superliganing 11-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Mavsumni ishonchli tarzda o‘tkaza olmayotgan “Lokomotiv” klubi uchun omadsiz o‘yinlar davom etmoqda.

O‘tgan turdagi mag‘lubiyatdan so‘ng “Lokomotiv” Andrey Fyodorovni bosh murabbiylikdan iste’foga chiqarishga qaror qilgandi. “Lokomotiv” yoshlar jamoasini boshqarib kelayotgan Dilshod Nuraliev esa vaqtincha bosh murabbiy vazifasiga tayinlangandi. Lekin “Qo‘qon-1912”ga qarshi bellashuvda temiryo‘lchilar yana mag‘lubiyatga uchrashdi - 1:2.

E’tiborlisi shundaki, bungacha ushbu klublar o‘zaro 10 marotaba kuch sinashishgan bo‘lib, uning beshtasida “Loko” g‘alaba qozongan va yana beshtasida durang qayd etilgandi. Ko‘rib turganingizdek, qo‘qonliklar hali ushbu raqibi ustidan g‘alaba qozona olmay kelayotgandi.

Nihoyat, 11-to‘qnashuvga kelib Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi “Qo‘qon-1912” “Lokomotiv”ni taslim etishning yo‘lini topa oldi.

Shu tariqa, qo‘qonliklar temiryo‘lchilarga qarshi uchrashuvlar tarixidagi g‘alabasiz seriyasiga barham berishdi. O‘tgan yili esa Qo‘qonda 1:1, Toshkentdagi o‘yinda esa 2:2 hisoblarida durang qayd etilgan.     

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
21/08/2020 22:40
Олга Кукон биз сен билан ОМАД ёр булсин