Bilasizmi? "Bazel" o‘z maydonida 14ta o‘yindan buyon ingliz jamoalari darvozasini ishg‘ol etib kelmoqda

Avval xabar berganimizdek kecha UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turida Shveytsariyaning “Bazel” klubi o‘z maydonida Angliyaning “Manchester Yunayted” klubini qabul qildi va yakunda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Qizig‘i shundaki, 14ta uchrashuvdan buyon “Bazel” maydoniga safar qilgan barcha ingliz jamoalari o‘z darvozalaridan to‘p o‘tkazib yubormoqda.

Eslatib o‘tamiz, EChLning "A" guruhida kurash olib borayotgan "Bazel" o‘tgan 5ta turdan so‘ng 9 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!