
Bilasizmi? Mourinyu APLdagi faoliyatida ilk marta 2ta to‘p farqiga yutqaza turib, g‘alaba qozondi
Avvalroq xabar berganimizdek kecha Angliya premer-ligasining 29-turida “Manchester Yunayted” safarda “Kristal Pelas” mehmoni bo‘ldi va 2:3 hisobida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, mankuanliklar ustozi Joze Mourinyu APLdagi faoliyati davomida ilk bor 2ta to‘p farqiga yutqazayotib, yakunda g‘alaba qozona oldi.
Ma’lumot uchun, portugaliyalik mutaxassis avval bunday holatga 21 marta duch kelgan va shularning 2tasi durang natija bilan, qolgan 19tasi esa mag‘lubiyat bilan tugagan.
Fikrlar