Bilasizmi? "Paxtakor" 2002 yildan beri "Qo‘qon-1912"ni safarda mag‘lub eta olmay keladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbek futboli vatani hisoblangan qo‘qonliklarga qarshi har bir uchrashuv keskin kechishi bilan ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga tortadi. Har bir bellashuv etarlicha hayajonli onlarni taqdim etib keladi.

Jamoalar chempionatlar doirasida o‘zaro 26 o‘yinda to‘qnash kelishgan. "Paxtakor" 14, "Qo‘qon-1912" 5 g‘alabaga ega. 7 uchrashuvda durang natija qayd etilgan. "Sherlar" 69 to‘p kiritgan holda darvozasidan 37 gol o‘tkazib yuborishgan. Eng yirik g‘alaba 2000 yil kuzatilgan. O‘shanda "sherlar" raqibni 7:1 hisobida dog‘da qoldirgan. Qo‘qondagi to‘qnashuvlarda mezbonlar 4 bor muvaffaqiyatga erishishgan. 6 bellashuvda kuchlar teng kelgan bo‘lsa, 3 o‘yinda "Paxtakor" ustun kelgan. Qo‘qondagi oxirgi 4 bahs durang bilan yakunlangan. "Paxtakor"ning so‘nggi g‘alabasi safarda 2002 yil qayd etilgan.

Jamoalar safida diskvalifikatsiya qilingan futbolchilar yo‘q.

"Qo‘qon-1912" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 29 iyun, shanba kuni 18:00da "Qo‘qon" stadionida boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!