Bild: Erling Xoland La Liga va APL klublaridan o‘ziga yangi klub tanladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Borussiya Dortmund" hujumchisi Erling Xoland faoliyatini "Real" yoki "Manchester Siti"da davom ettirmoqchi, deya xabar bermoqda Bild.

Futbolchiga shuningdek, "Manchester Yunayted", "Bavariya" va "Chelsi" klublari haqida qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, "Siti" norvegiyalik forvardni yozda shartnomasi yakunlanadigan Serxio Aguero, "Real" esa Karim Benzemaga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Xoland "Borussiya" Evropa chempionlar ligasi yo‘llanmasidan quruq qolsa, jamoani tark etishga qaror qilgan. Joriy mavsumda 20 yoshli hujumchi bundesligada 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol kiritib, 4 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
jobirxon
04/03/2021 17:44
HAALAND KIMGA OTSAYAM AJOYIB OYIN KORSATADI