Bir futbolchiga 10 ta klub xaridor
Niderlandiya chempionatida ishtirok etayotgan “Feyenoord” klubi markaziy yarim himoyachisi Kvinten Timber qishki transfer oynasi davrida klubini o‘zgartirishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning ta’kidlashicha, Italiyaning amaldagi chempioni “Napoli” jamoa etakchilaridan Kevin de Bryoyne va Andre Zambo-Angissa jarohat tufayli uzoq muddatga safdan chiqqanini inobatga olib, Timberni transfer qilishni mo‘ljallayapti.
Biroq, Italiya grandiga xavbekni qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi, chunki uning xizmatlariga ko‘z tikayotgan raqobatchilar tobora ko‘payib bormoqda.
Xususan, hozirning o‘zida Timberga “Yuventus”, “Milan”, “Inter”, “Arsenal”, “Manchester Yunayted”, “Vest Xem”, “Borussiya Dortmund”, “Bayer” va “RB Leyptsig” klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda 24 yoshli Timber barcha turnirlar doirasida 14 ta o‘yinda ishtirok etib, ikkita gol urdi va o‘z hisobiga bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar