
"Bir marta chempion, har doim chempion"
"Barselona" o‘z ijtimoiy tarmoqlari orqali Pep Gvardiolani Chempionlar Ligasidagi g‘alaba bilan tabrikladi.
"Bir marta chempion, har doim chempion", - deb yozdi Kataloniya klubi tvitterda Pepning "Barsa" bilan Chempionlar ligasi kubogini qo‘lida ushlab turgani suratini joylashtirdi.
Eslatib o‘tamiz, Gvardiola ikki treblga erishgan birinchi murabbiyga aylandi. U ularni "Barselona" va "Manchester Siti" bilan yutgan.
Fikrlar