
Bir o‘yinda 7 ta gol egan “Liverpul” yangi darvozabon topdi
“Liverpul” rahbariyati bugun transfer oynasi yopilgunicha yangi darvozabon xarid qilishga urinib ko‘radi.
Yurgen Klopp darvozani “Tottenxem”ning argentinalik golkiperi Paulo Gassanigaga topshirmoqchi. 28 yoshli Gassaniga asosiy tarkibga munosib bo‘lsa-da, London klubida uchinchi darvozabon sifatida zaxirada qolmoqda.
Ayni paytda tomonlar muzokara o‘tkazmoqda. Kloppning kutilmaganda darvozabon qidirib qolishiga, Angliya premer-ligasining to‘rtinchi turida Adrian o‘z darvozasidan ettita gol o‘tkazib yuborgani sabab bo‘ldi.
Fikrlar