Bir qator sabablarga ko‘ra Qatar - O‘zbekiston bahsi favoritini aniq

  • 13 noyabr, 2024, 09:40
  • Karim Xudayqulov
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

"JCh-2026" saralashi Osiyo mintaqasi 5-turi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Qatar maydoniga safar qiladi. 

Ayni vaqtda "A" guruhida forslar bilan bir xil ochko to‘plagan (10) va faqatgina to‘plar nisbatiga ko‘ra ikkinchi o‘rinda bo‘lib turgan O‘zbekiston terma jamoasi 4 ochko bilan 4-pog‘onada borayotgan Qatar bilan bahs olib boradi. 

Ushbu o‘yin 14 noyabr kuni soat 21:15'da start oladi. 



Qayd etish lozim, O‘zbekiston hamda Qatar hozirga qadar 11 marotaba to‘qnash kelgan. Shularning 7 tasida vakillarimizning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 3 ta bahsda qatarliklar zafar quchgan. Faqatgina 1 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan. 

O‘zbekiston terma jamoasining eng yirik g‘alabasi 2013 yilda (2014 yilda Braziliyada bo‘lib o‘tgan Mundialga saralash doirasida) sodir bo‘lgan va unda "oq bo‘rilar" 5:1 hisobida zafar quchgan. 

O‘sha bellashuvda Bahodir Nasimov dubl muallifiga aylangan bo‘lsa, Odil Ahmedov, Oleg Zoteev hamda Ulug‘bek Baqoev bir martadan o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan. 

Fotoreportaj: Futbolnyy match Uzbekistan-Katar – Gazeta.uz

O‘z navbatida Qatar ham vakillarimizni yirik hisobda mag‘lub eta olgan va bu o‘rtoqlik uchrashuviga to‘g‘ri kelgan. 2014 yilda o‘tkazilgan o‘yinda qatarliklar Mirjalol Qosimov boshchiligidagi termamizni 3:0 hisobida taslim etgan. 

O‘zaro uchrashuvlardagi to‘plar nisbatida ham ustunlik vakillarimiz tomonida 19-11. 

Ta’kidlash kerak, mazkur termalar so‘nggi bora 2024 yil avvalida aynan Qatarning o‘zida o‘tkazilgan turnirning chorak finalida to‘qnash kelgandi. Unda mezbonlar penaltilar seriyasida hamyurtlarimizni taslim etib, yakunda musobaqa g‘olibligini ham qo‘lga kiritgan. 



E’tiborli tomoni shundaki, Qatar so‘nggi ikki Osiyo kubogi g‘olibi sanaladi. Termani ayni vaqtda Tintin Markes boshqarmoqda. 

O‘zaro uchrashuvlar va ayni vaqtda guruhdagi holatdan kelib chiqsak, mazkur o‘yin favoriti - O‘zbekiston terma jamoasi. Ushbu o‘yindagi g‘alaba Katanets shogirdlariga "JCh-2026'ga chiqish yo‘lida juda katta ustunlik beradi. Shunday ekan, yigitlarimizga omad tilab qolamiz. 

Tecno



Karim Xudayqulov 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Po`lat Polvonov
13/11/2024 11:18
Ассалому алекум мен Ўзбекистон терма футбол жамоасига жахон чемпионатига чиқишига хамда Қатарни йирик хисобда ютишида омал тилайман камида 2_0 нол бўлсин йигитлар олға
&
Пахтакор-дардим,фахрим
13/11/2024 09:46
ОЛГА УЗБЕКИСТОН -
Исмаилов Бахтияр
13/11/2024 18:08
Яхшиси дуранг. 1-0 булади супер
&
Jahongir real
13/11/2024 17:57
Gazini bosamiz yigitlar faqat gʻalaba