
Bir yilda 2 ta Olimpiadada ishtirok etgan sportchi haqida eshitganmisiz?
Imkoniyati cheklangan insonlarning aksariyati hayotda o‘zini boshqalardan kam his qilishmaydi. Bunga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Quyidagi suzuvchining jasorati ham shular jumlasidandir.
Janubiy afrikalik suzuvchi ayol Natali dyu Tua 2008 yil birdaniga 2 ta Olimpiadada qatnashdi.
2001 yilgi aviahalokatdan so‘ng bir oyog‘ini yo‘qotgan va butun umrga nogiron bo‘lib qolgan Natali 2008 yil Pekin Olimpiadasida ishtirok etdi va ochiq suvda 10 kilometrga suzish bahslarida 25 ta sportchi orasida 16-o‘rinni egalladi. So‘ngra, shu yilning o‘zida Pekin Paralimpiadasida qatnashdi va 5 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Fikrlar