Birinchi sovrinini qo‘lga kiritgan Husanovning o‘yini qanday baholandi?
Final bahsida legionerimiz Abduqodir Husanov to‘liq harakat qildi
Angliya Liga kubogining final bosqichidan o‘rin olgan “Arsenal” hamda “Manchester Siti” o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.
Final bellashuvida Gvardiola shogirdlari “to‘pchilar”dan 2:0 hisobida ustun keldi va Liga kubogi sovrinini qo‘lga kiritdi. Dastlab uchrashuvning 60-daqiqasida Niko O’Rayli “shaharliklar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 4-daqiqa o‘tib, Nikoning o‘zi dublni rasmiylashtirdi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” 9-marta Angliya Liga kubogini qo‘lga kiritmoqda.
Ushbu final bahsida legionerimiz Abduqodir Husanov to‘liq harakat qildi.
Milliy terma jamoamiz a’zosining "to‘pchilar"ga qarshi uchrashuvda nufuzli statistik dasturlar tomonidan qo‘yilgan ballari bilan tanishing:
“SofaScore” — 7.0, “FlashScore” — 6.6, “Whо Scored” — 7.01 va “FotMob” tomonidan 7.4 ballga loyiq ko‘rildi.
Izohlar (0)