Bishkekdan hushxabar: O‘zbekiston xalqaro musobaqalarni 5 ta medal bilan yakunladi
Qirgʻizistonning Bishkek shahrida ot sportining viezdka va konkur yoʻnalishlari boʻyicha xalqaro musobaqalar boʻlib oʻtdi. Unda bir qator davlatlardan tashrif buyurgan sportchilar gʻoliblik uchun bahs olib bordi.
Musobaqa davomida Oʻzbekiston vakili Alina Shevtsova yuqori mahorat namoyish etib, CDI3* Grand Prix, CDI1*, CDI3* Grand Prix Freestyle hamda CDI1* Intermediate I Freestyle yoʻnalishlarida “Zamperoni” va “Nosito De Muze” otlari bilan jami 4 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, Jahon kubogining uchinchi bosqichi doirasida oʻtkazilgan CSI1*-W 110 balandlikdagi yoʻnalishda Oʻzbekiston terma jamoasi vakili Shokirov Dilshod “Ladý” laqabli oti bilan kumush medalga sazovor boʻldi. Yakunda hamyurtlarimiz xalqaro musobaqalarni 4 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan yakunlashdi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.

Fikrlar