
Biz aytgandik, biz bilgandik: Ektor Kuper rasman iste’foga chiqarildi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper o‘rtadagi mavjud shartnomani o‘zaro kelishuvga asosan bekor qilishdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
"2018 yilning avgust oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi boshqaruviga kelgan argentinalik mutaxassis bosh jamoamizga 1 yildan ortiqroq muddat davomida ustozlik qildi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Ektor Kuper hamda uning boshchiligidagi murabbiylar shtabiga O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiradi va ularga kelgusi faoliyatida omad tilaydi", - deyiladi O‘FA xabarida.
Eslatib o‘tamiz, SPORTS.uz saytida bundan bir necha kun avval Kuperning iste’foga chiqqani haqida xabar berilgan edi.
Fikrlar
Энди УФА дагилар янги мураббий танлашда ва тайинлашда адашишмаса булгани.
Шу уринда бир савол тугилади: - Куппер хакикатдан хам шу даражада нунок мураббиймиди ? - ёки бизни футболчиларимиз Куппер каби мураббийлар даражасида эмасмиди ?
Янги мураббий танлашда УФА рахбарлари масалани шу томонларини хам инобатга олиб "етти улчаб бир кесиб" термамизга муносиб(хос ва мос) омадли тайинловга эриша оладилар деб умид киламиз.
ОМАД УЗБЕКИСТОНИМИЗГА !!!