"Biz buni eplay olamiz, qurbimiz ham etadi" - "Nasaf"ga supergol urgan Sardor yana bu ishini takrorlamoqchi!

  • 26.07.2023 01:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 23
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

28 iyul kuni Andijonda katta futbol bayrami. Shu kecha “Andijon” klubi ikkinchi davraning dastlabki uchrashuvida “Nasaf”ni “Bobur Arena”da qabul qiladi. Nihoyat, andijonliklar jonajon uyiga qaytishdi.

Yodingizda bo‘lsa, mavsumning ilk turida “Andijon” “Nasaf”ning maydonida Sardor Abdunabievning supergoli evaziga muhim uch ochkoni qo‘lga kiritib qaytishgandi. Bu safar ham Abdunabiev va uning jamoasi g‘alaba ishtiyoqida jiddiy tayyorlanishmoqda. Bo‘lajak bahs oldidan aynan o‘z goli bilan “Nasaf”ni tiz cho‘ktirgan Sardorga o‘zimizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildik.

- Ikkinchi davra boshlanish arafasida. “Andijon” esa “Nasaf”ga qarshi astoydil tayyorgarlik ko‘ryapti. Bo‘lajak o‘yin oldidan nimalarni ayta olasiz?

- Bu o‘yinga barchamiz jiddiy tayyorlanyapmiz. Bilasiz, chempionatning 1-turida safarda “Nasaf”ni yutib kelganmiz. Ikkinchi davrani ham g‘alaba bilan boshlamoqchimiz. Biz shunchaki o‘ynamaymiz. O‘z kuchimizni namoyish qilib, muxlislarimizni xursand qilgan holda yutmoqchimiz. O‘zimizning maydonimizda ochilish marosimi ham bo‘ladi. Bo‘lajak uchrashuv qanday bo‘lishini o‘ylab, hozirdan yaxshi his qilyapmiz. “Andijon” muxlislarini hamma biladi. Stadionda muhit umuman boshqacha bo‘ladi. Shunga yarasha biz ham qattiq tayyorgarlik ko‘ryapmiz, maqsadimiz faqat g‘alaba! Albatta, buni eplay olamiz va qurbimiz ham etadi.

abdunabiev_1

- “Nasaf”ning hozirgacha yagona mag‘lubiyati “Andijon” bilan uchrashuvda sodir bo‘lgan va sizning urgan chiroyli golingiz o‘yin taqdirini hal qilgan. O‘sha uchrashuvni tez-tez eslab turasizmi yoki...

- Albatta, men uchun hali hammasi oldinda. Yana bunday chiroyli gollarni urishim kerak. Bu bilan to‘xtab qolmoqchi emasman. Ha, o‘shanda yaxshi gol bo‘lgan. Ammo gol chiroyli yoki oddiy holatda kiritilmasin muhimi, jamoamizga g‘alaba keltirsa bo‘lgani. Bu biz uchun katta sharaf bo‘ladi.

- Oldinda yana “Nasaf” bilan o‘yin kutib turibdi. Faraz qiling, sizga yana chiroyli gol urish imkoniyati taqdim etilyapti va bu o‘yin taqdirini hal qiladiyu, ammo mavsum oxirigacha boshqa gol ura olmasangiz, bunga rozi bo‘larmidingiz?

- Yo‘q. “Nasaf”ga gol urib, bu yog‘iga gol urmaslik to‘g‘ri kelmaydi. “Nasaf”ga ham, boshqa jamoaga ham gol urib “Andijon”ning g‘alabasiga o‘z hissamni qo‘shsam bo‘lgani. Men uchun muhimi shu. Menga chiroyli emas, balki g‘alaba goli bo‘lsa etarli. Bu orqali jamoadoshlarimiz bilan xursandchilik qilsak, bu juda ajoyib bo‘ladi.

abdunabiev1_1

- Demak, yana “Nasaf”ga gol urish niyatingiz bor...

- Albatta, gol urish niyatim bor. Bu uchrashuvda g‘alabadan boshqa narsani o‘ylamayapmiz. Bundan boshqa ilojimiz ham yo‘q. Muxlislarimiz ham shuni talab qilishadi. Shunga yarasha tayyorgarlik ko‘ryapmiz.

- Nihoyat, “Andijon” “Bobur Arena”ga qaytyapti. Tabiiyki, o‘sha kuni muhit betakror darajada bo‘ladi. Shularni o‘ylaganingizda nimalarni his qilyapsiz?

- Albatta, ishqibozlarimiz biz uchun shunday muhit yaratishyapti va biz ham qarab turmaymiz. Shunga loyiq darajada o‘yin ko‘rsatishimiz kerak. G‘alabamiz bilan stadiondagi muhitni yanada bezatib berishimiz kerak.

abdunabiev3

- Jamoaning yozgi tayyorgarligi haqida ham to‘xtalib o‘tsangiz.

- Hammasi reja bo‘yicha yaxshi bo‘ldi. Tojikistonda yig‘in o‘tkazdik. Yaxshi raqiblarga qarshi o‘ynadik. O‘z o‘yinimizni kuchaytirib, yanada jangovar o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ulugbek Ruziqulov
26/07/2023 15:50
Hammasini vaqt koʻrsatadi gol urasanmi yoki urolmassan balki 20 yil deganda NASAF ni bir yutgan Andijon endi 10 yil magʻrurlanib yurasanmi
&
+998912358811
26/07/2023 01:33
Насафни галабаси аникку.
&
Murodiljon
26/07/2023 18:11
Сен каердан биласан
Шухрат Хусаинов
27/07/2023 13:40
Андиларда хам футбол пайдо булибдими
&
Bek 56
26/07/2023 19:39
Насаф лу'лилар жамоаси ютказса бахона к,идиради
&
Олға насаф
26/07/2023 18:52
Ушбу жамоаларнинг ўзаро учрашувлар тарихига тўхталадиган бўлсак, чемпионат мобайнида клублар шу кунгача 43 бора тўқнаш келишган. Шулардан 7 тасида “Андижон”нинг қўли баланд келган. “Насаф” эса 27 марта ғолиб чиққан. Шунингдек, 9 та баҳсда дуранг қайд этилган. Тўплар нисбати 49\94 “Насаф” фойдасига. (Sports.uzдан олинди) !!!!!!!!!!
&
Murodiljon
26/07/2023 18:12
Olg'a Andijon
&
Турсунов Рамазон
26/07/2023 15:51
Насафни уйинини икинчи даврада курасанла канака уйнашини хамманга курсатиб куяди .Хакамларинг хам санлага ёрдам беролмайди.Насаф узбекистонда биринчи команда.Насаб Осиеда хам урни бекиёс.Насаф хар дойим зур булган.Бундан кейин хам зурлигича колади.Хамма хаваскиладиган каманда.Насаф хохласангла хам хохламасангла хам чемпиён булади.Андижон Насаф олдига ким бубти.Аждарни олдига жанга кирганда анжан кандай кочишини курамиз.Насафга ОЛЛОХ мадаткор булсин.Насаф мухлислари анжанга канака байрам килишларини томоша киласанла.Омад Ёр булсин олга Насаф.
&
26/07/2023 18:15
Андижонга ютказганидан кейин Карши каёкда эканлигини эсидан чикариб куйишади.ха ха ха
&
Uzbek ligion
26/07/2023 12:00
Nasaf revansh olib qaytadi.nasib bulsa .
&
Олға насаф
26/07/2023 09:09
Ҳа майли укажон, Насафга гол уриб катта ишни қойиллатгансан. Худди Европани энг зўр командасига гол ургандек. Жўжани кузда санайдилар. Насаф ҳар доим зўр бўлган, бундан кейин ҳам шундай бўлади, жупруқчалар......... .
ABRORBEK TOJIBOYEV
26/07/2023 11:17
nasaf zor bolsa nega paxtakor chinpion balaveryapti ???tushintirvoribg aka
&
Uzbek ligion
26/07/2023 12:01
Akaxonlarini orqasidan.
&
+998912358811
26/07/2023 12:36
Сиёсат ва футболнинг курашувида хамиша сиёсат голиб булади. ЖЧ-2002 да Ж. Корея ва Испания уйинини эсланг.
&
Олға насаф
26/07/2023 16:16
Ўзингиз билмайсизми?((((:
&
+998912358811
26/07/2023 17:09
Узр сени уша пайтда тугилмаганингни хисобга олмабман.
&
Олға насаф
26/07/2023 18:47
Ўзинг туғилганмисан, сен нимага нам тортаяпсан???
&
Bek 56
26/07/2023 07:13
Албатда Андижон АЛЛОХ,ни ёрдами ила Насафни ютгай _ютади
&
Shahboz qarshi
26/07/2023 06:23
Sardorjonga javobim shuki,1-davradagi o'yin bu tasodif oddiygina,keyin stadiondagi muxlislar masalasiga kelsak nasaf o'yinchilari bunaqa bosimlardan ancha oldin o'tib bo'lgan.28-iyulda ishonaman nasaf 2-xissa kuch bilan o'ynab bo'lsayam 1-davradagi mag'lubiyat tasodif ekanligini isbotlaydi.mani xavotirim silardan yo andijonlik muxlilardanmas,insof bergur xakamlarimizdan xafsirab turibman.xalol o'yin bo'lsa kim kuchli bo'lsa o'sha yutadi.99% ishonaman nasaf katta kuch tashlab bo'lsayam andijonni ko'rdim demay yutib keladi.yana aytaman faqat hakamlarimizga ollohdan insof Tilghman,vijdonini oldida toza bo'lishsin.
&
Murodiljon
26/07/2023 18:13
ANDIJON 5:0 nasaf
&
Олға насаф
26/07/2023 18:44
Фолчи экансанку, шайтонларинг айтдими?
&
ал хилол
26/07/2023 09:05
Мактанма хуроз хунаринг оз
&
Bek 56
26/07/2023 07:24
Эй ойномачи Насаф Анджонгагина ютказган эмас Нефтчи хам 2_1 уриб ташлаган х,али бу бошланиши жуда ку'п маглуб бу'лса керак Насаф