Bizga Muhammad Saloh ma’qul, Levandovski emas!

  • 27 mart, 2022, 14:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi o‘z jamoasi hujum chizig‘ini “Bavariya” to‘purari Robert Levandovski bilan emas, “Liverpul” forvardi Muhammad Saloh bilan kuchaytirmoqchi.

Tecno

Avvalroq, Bundesliga to‘purari Kataloniyaga kelishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgandi. Biroq, Xavi klub mutasaddilari yozda Erling Xoland transferini amalga oshira olmasa, Muhammad Salohni olib kelish kerakligini uqtirmoqda.

Ispaniyalik mutaxassis u qo‘llayotgan taktik sxemalarga mehnatdan qochmaydigan Muhammad Saloh mos kelishini ta’kidlayapti. Bundan tashqari, misrlik to‘purarning “Liverpul” bilan shartnomasi yakunlanishi bir yil qoldi. Agar tomonlar tez orada kelisha olmasa, tajribali o‘yinchini nisbatan arzonroq narxga transfer qilish imkoni paydo bo‘ladi.

Muhammad Saloh barcha turnirlar doirasida liverpulliklar uchun 36 ta uchrashuv o‘tkazib, 28 ta to‘p kiritdi va 10 ta golli pas oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!