Bizga o't! Vinisiusni havaskor klub chaqirdi
“Real” hujumchisi Vinisius Zhunior muxlislar bilan o‘zaro munosabatda muntazam muammolarga duch keladi. Hatto, Ispaniyada Vinisiusni doimiy shikoyatlari va muxlislar bilan tortishuvlari sabab hamma joyda yoqtirmaydi, degan fikr mavjud.
Ammo uning tarafdorlari ham yo‘q emas. Masalan, “Bañesa” havaskor jamoasi rahbariyati yaqinda Vinisiusni qo‘llab-quvvatlab, uni o‘z tarkibiga taklif qildi.
- Agar “Real”dagi mavjud vaziyat seni qoniqtirmasa, bizga kel, - dedi klub prezidenti Gonsalo Prieto.
Eslatib o‘tamiz, Vinisius 2019 yildan buyon Madriddning “Real” klubida o‘ynab kelmoqda. Uning amaldagi kelishuvi 2027 yilning yozigacha davom etadi. Tomonlarning hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokaralari samara bermayapti.

Fikrlar