
Bizga o‘tsang, maoshing to‘rt baravar oshadi
Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi frantsiyalik himoyachi Teo Ernandes transferi bo‘yicha “Milan” bilan muzokara olib bormoqda.
Jurnalist Pablo Oliveyraning ma’lum qilishicha, saudiyaliklar italiyaliklarga chap qanot himoyachisi uchun 20 million evrodan boshlangan taklifni berdi.
Eng muhimi, shayxlar 27 yoshli futbolchini Osiyoga ko‘chib o‘tishi uchun katta maosh taklif qilyapti. “Al-Hilol” ayni paytda “Milan” klubidan har mavsum uchun 4 million evro maosh olayotgan himoyachiga to‘rt baravar ko‘p mablag‘ to‘lamoqchi.
Teo Ernandesning milanliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etadi. Mahoratli himoyachi yakunlangan mavsumda 49 ta uchrashuvda ishtirok etib, beshta gol va oltita assist muallifi bo‘ldi.
Transfermarkt portali ekspertlari Frantsiya terma jamoasi himoyachining transfer narxini 40 million evroga baholamoqda.
Fikrlar