
Bizga Rodrigo kerak emas, boshqa zo‘ri chiqdi
Angliya Premer-ligasida oxirgi bir necha mavsumdan beri chempionlik uchun kurashib kelayotgan “Arsenal” yangi chempionat oldidan tarkibini kuchaytirishni maqsad qilgan.
“Kanonirlar” ancha payt “Real”ning universal hujumchisi Rodrigo Goesga da’vogarlik qildi. Braziliyalik futbolchi yangi bosh murabbiy Xabi Alonsoning munosabatini bilish uchun boshqa klublardan bo‘layotgan chorlovlarga e’tibor qaratmayotgan edi.
Bu pallada “Arsenal” mutasaddilari Rodrigo variantidan voz kechishga qaror qildi.
London klubi endi Eberechi Ezeni xarid qilmoqchi. “Arsenal” vakillari “Kristal Pelas” hujumchisi bilan muzokaralarni boshlab yubordi. Mikel Artetaga bu futbolchining universalligi yoqyapti.
27 yoshli Eze o‘tgan mavsumda 17 ta gol va 11 ta assist qayd etdi. Bu hujumchi jamoasining o‘z tarixida ilk bor Angliya kubogini qo‘lga kiritishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Eberechining “Kristal Pelas” bilan amaldagi shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolgani uni transfer qilish imkoniyatini oshiradi.
Fikrlar