“Bizga Shomurodov kerak!”

  • 3 mart, 2021, 16:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Toshkent vaqti bilan tungi 00:45da Genuya derbisida “Jenoa” va “Sampdoriya” o‘zaro kuch sinashadi. Ayni paytda mutaxassislar va muxlislar bo‘lajak o‘yinda tomonlarning imkoniyatlarini tahlil qilish bilan band.

Tecno

Xususan, genuyalik futbol muxlislari ham ashaddiy raqibga qarshi bo‘ladigan o‘yinda jamoa g‘alaba qozonishini istamoqda. Klubning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasida “Jenoa” tarafdorlari qoldirayotgan munosabatlarida hujum chizig‘ida Eldor Shomurodov  ilk daqiqalardan to‘p surishini istayotgani yozilgan.

131920275_4147684845242404_7931899221743243619_o_1

“Jenoa” – “Sampdoriya” derbisi oldidan muxlislarning fikrlari aks etgan navbatdagi maqolani havola etamiz.

Claudio Cecchetti:

Oxirgi uchta uchrashuvdan faqat bittasida gol ura oldik. Eldor Shomurodov va Milan Badel gol muallifi bo‘ldi.  Eng qizig‘i, shundan so‘ng, ikkala futbolchi ham “Inter”ga qarshi boshlang‘ich tarkibda ko‘rinmadi. Bundan xulosa chiqarish kerak. Biz jamoamiz uchun gol urishni uddalayotgan o‘yinchilarga ko‘proq imkoniyat berishimiz kerak.

Cristiano Di Luzio:

Jamoaning hozirgi ahvoliga qarab, qishda hujumchi sotib olishimiz kerak edi, degan xulosaga kelyapman. Mattia Destro va Janluka Skamakka zo‘r o‘ynaganidan keyin so‘nib qoladi. Eldor Shomurodov va Goran Pandev bitta gol urishi uchun 10 ta uchrashuv kerak bo‘lyapti.

Roberto Frasca:

Menimcha, Shomurodovga imkoniyat berish kerak. Italiya kubogi doirasida o‘tkazilgan avvalgi derbida u golli pas bergandi. “Verona”ga qarshi o‘yinda gol urdi. Hozir o‘zbek hujumchisi bizga katta foyda keltirishi mumkin.

Francesco Veritiero: (Roberto Frasca fikriga javoban)

Eldor yaqinda jarohat olganligi uchun yuqori sport formasida emas. Bugun ham, muhim derbida uning boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishiga ishonmayman.

Andrea Mattaliano:

Jamoamiz hujumchilari juda yomon o‘ynayotgan hozirgi paytda faqat Shomurodovdan umid qilishimiz mumkin. U “Verona” bilan bo‘lgan uchrashuvda ikkita daqiqada gol urishni uddalagan futbolchi. Bugun esa, u bizga g‘alaba keltirishi mumkin. Men Eldorga ishonaman!

Vincenzo Macciocca:

Derbida eng zo‘r futbolchilar o‘ynashi kerak. Umid qilamanki, Davide Ballardini avvalgi o‘yinlardan to‘g‘ri xulosa chiqaradi. “Inter”ga qarshi uchrashuvda Skamakka hujumda juda yomon o‘ynadi. Destroni asosiy tarkibga qaytarib, Shomurodov yoki Pandev bilan birga o‘ynatish kerak. Pyatsa hujumchilarga sherik bo‘la olmaydi.

1111111111111111111111111111111111111111111111111111111111111111_2_1

Gianni Conte:

Meni  tarkib qiziqtiryapti. Keyingi paytda Ballardini hujumda ko‘p o‘zgarish qilyapti. Endi Shomurodov va Janluka Skamakkani birga tushirsa, aslo hayron bo‘lmayman.

Valerio Cauzzo: (Gianni Conte fikriga javoban)

Bu juda qiziq variant bo‘lardi. Rolando Maran davrida Eldor Shomurodov va Janluka Skamakka juftligi yaxshi o‘ynardi.

 Shomurodov asosiy hujumchi bo‘lishi kerak!

 Italiyaning eng dahshatli derbisida Shomurodov yana qahramon bo‘loladimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!