
Bizga yo Benzema, yoki Firmino kerak!
Mirror nashri “Chelsi” yaqinda transfer qilingan Kristof Nkunkuning ketma-ket jarohat olayotganidan xavotirda. Mutasaddilari Nkunku yo‘qligini bildirmaydigan hujumkor futbolchiga ehtiyoj sezmoqda.
Ana shu maqsadda “aristokratlar” qishki transferlar vaqtida tajribali o‘yinchi olishni rejalashtirgan.
“Chelsi” e’tiborini Saudiya Arabistonidan ketish harakatiga tushib qolgan Karim Benzema va Roberto Firminoga qaratdi.
Aslida “Chelsi” yanvardagi transferlarga asosiy nishon sifatida Eyvan Tounini belgilagan edi. Biroq sakkiz oylik diskvalifikatsiyani o‘tab bo‘lgan forvard jamoasi “Brentford”ni qiyin vaziyatda tashlab ketishni istamadi.
Endi londonliklar hujumchi masalasini Benzema yoki Firminoni ijaraga olish orqali tezkor tarzda hal qilmoqchi.
Fikrlar