Bizni termaga qaytarmasang bo‘lmaydi!

  • 19 oktabr, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasida “Evro-2024” final bosqichida o‘ynash imkoniyati bor. Mamlakat bosh jamoasining sobiq o‘yinchilari bosh murabbiy Garet Sautgeytning e’tiborini qozonishga harakat qilmoqda.

Sports.uz portali bu futbolchilar bilan tanishtiradi.

Rahim Sterling

Rahim Sterling “Chelsi” safida mavsumni yaxshi boshlaganiga qaramay, terma jamoadan chaqiruv olgani yo‘q. Hujumkor futbolchi 2022 yilgi jahon chempionatidan keyin termaga chaqirilmadi.Terma jamoada 82 ta uchrashuvda 20 ta gol urgan 28 yoshli o‘yinchi ancha vaqt sport formasini tiklay olmayotgan edi.

Meyson Maunt

Meyson Mauntni terma jamoaga aynan Sautgeyt jalb qilgan. Hujumkor futbolchi shu kungacha 36 ta o‘yinda qatnashdi. Lekin Qatardagi jahon chempionatidan keyin Maunt intiqlik bilan kutgan taklif kelgani yo‘q.

Jeydon Sancho

Angliya futbolining eng yorqin iste’dodi sifatida e’tirof etilgan futbolchi bugun “Manchester Yunayted” tarkibiga ham kira olmayapti. Angliya terma jamoasiga qaytish uchun esa, hali ancha ter to‘kishi kerak.

Erik Dayer

Erik Dayer Sautgeyt qo‘l ostida terma jamoada 37 ta o‘yin o‘tkazgan. Bu futbolchi ham termadagi so‘nggi uchrashuvini jahon chempionatida o‘tkazdi. “Tottenxem”dagi joyini yo‘qotgan Erik endi termaga ham kerak bo‘lmay qoldi.

Konor Koudi

Angliya terma jamoasining umidli markaziy himoyachilaridan edi. 2020 yilgi Evropa chempionati va 2022 yilgi jahon chempionatlarida  tarkibga kiritilgandi. Biroq Chempionshipga tushib ketgan “Lester Siti”ga qo‘shilgani uning terma jamoaga yo‘lini yopdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!