Bo Nikal: “Chimaev va Darren Till haqida aqldan ozgan hikoyalarni eshitganman"

  • 18 iyun, 2024, 11:42
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Amerikalik UFC jangchisi Bo Nikal (6-0) ehtimoliy raqibi Hamzat Chimaev (13-0) haqida fikr bildirdi.

Tecno

Avvalroq, Chimaev Saudiya Arabistonidagi turnirda ishtirok etmasligi malum bo‘lgandi. U Robert Uittaker bilan jang qilishi kerak edi, ammo kasallik tufayli yana musobaqani tark etdi.

Bu yigit o‘z aurasini yo‘qotmoqda. U g‘alaba qozonishda davom etishi va bema’nilik qilmasligi kerak. Siz kasal bo‘lmaslik uchun harakat qilishingiz kerak. Menimcha, u ko‘p mashq qilmaydi. Nazarimda u juda ko‘p vaqtini maishatga sarf qilyapti. Kim biladi? Men u va Darren Till haqida ko‘p narsa eshitdim. Aqldan ozgan hikoyalar",- deya Bo Nikal so‘zlarini keltiradi MMA News

Avvalroq Nikal unga Uittaker bilan jang qilish taklif qilinganini tan olgandi, biroq u tog‘larda sayr qilish vaqtida telefonga javob berolmaganligini ma’lum qilgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!