Boateng "Bavariya"dan ketmoqchi emas

  • 31 may, 2019, 10:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" klubi himoyachisi Jerom Boateng o‘zining myunxenliklar safidagi kelajak faoliyati haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

“Men darhol ketishni rejalashtirmayapman, chunki vaziyat o‘zgarishi mumkin. Kelasi mavsumda ham o‘zimni “Bavariya”da his qilyapman. Men hali ham shijoatliman”, - deydi Boateng.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Bavariya” rahbariyati 30 yoshli futbolchini transferga qo‘ygani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Boateng “Bavariya” safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida myunxendiklar safida jami 286ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning narxi 30 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!