
Bob Arum kelajagi porloq bokschi ismini aytdi
"Top Rank" promouteri Bob Arum amerikalik bokschi haqida gapirdi.
"Menimcha, Brayan Norman hozirda yarim o‘rta vazn toifasida qirol. Uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi juda katta. Amerikalik ringda bo‘layotgan voqealarni nazorat qila oladi. O‘ylashimcha, hech kim yarim o‘rta vazn toifasida u kabi kuchli zarbaga ega emas. Uning kelajagi porloq" - dedi Arum.
Eslatib o‘tamiz, yarim o‘rta vaznda WBO yo‘nalishi chempioni Norman so‘nggi jangida yaponiyalik Jin Sasakini beshinchi raundda nokautga uchratgandi.
Fikrlar