Bobousmon Baturov professional boksda debyut qildi

  • 11.12.2022 22:21
  • 0
  • Boks

Rossiyaning Ekaterinburg shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tmoqda.

Oqshom doirasidagi ilk jangda o‘zbekistonlik 28 yoshli bokschi, havaskorlar o‘rtasida Osiyo chempioni (2019, 2021), Jahon chempionatining bronza medali sohibi (2019) Bobousmon Baturov rossiyalik Artyom Pugach (1-2-2)ga qarshi ringga chiqdi.

To‘liq 8 raund davom etgan mazkur jangda hakamlarning yakdil qarori bilan Baturov g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!