Bobousmon Boturov "Stranja" xalqaro turniri g‘olibi bo‘ldi
Xabaringiz bor, Bolgariyaning Sofiya shahrida “Stranja” xalqaro turniri davom etayotgan edi. Mazkur turnirning finaliga uch nafar hamyurtimiz yo‘l olgandi. Hozirgina dastlabki vakilimiz 69 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Bobousmon Boturov ukrainalik Evgeniy Barabanov bilan g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Murosasiz kechgan jangda hamyurtimiz ajoyib tarzda harakat qildi va yakunda, hakamlarning yakdil qaroriga muvofiq 5:0 hisobida g‘alabani tantana qildi. Shu tariqa, yurtdoshimiz "Stranja" xalqaro turnirining 2021 yilgi chempioniga aylandi!

Fikrlar