Bobousmon Boturov va Odiljon Aslonoving navbatdagi jang sanasi va raqiblari ma’lum!

  • 28.01.2024 11:18
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Professional boksda faoliyat yuritayotgan hamyurtlarimiz Odiljon Aslonov va Bobousmon Baturov 10 fevral kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida ringga ko‘tariladi.

RCC Boxing promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu kechada 3 nafar vakilimiz navbatdagi janglarini o‘tkazadi. Jumladan, ikkinchi o‘rta vazn toifasida  Odiljon Aslonov (6-0-1) - Rafi Xchoyan (Gruziya, 2-1-1) bilan yarim o‘rta vaznda Bobousmon Baturov (2-0-1) - Tixon Netyosovga (Rossiya, 11-5-0) qarshi va og‘ir vaznda  Mirzohid Abdullaev (3-2-1) - Georgiy Yunovidov (Rossiya, 8-1-0) bilan bahs yuritadi.

Mazkur muhim janglarda yurtdoshlarimizga omad tilab qolamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!