Bobur Qosimov: Ikkinchi davra yanada qizg‘in boshlandi
Xabaringiz bor, kecha oliy liga 17-tur o‘yinlari yakunlandi. Kun doirasidan "Metallurg" - "Mash’al" uchrashuvi ham o‘rin olgan. Ushbu bellashuvda muborakliklar 1:0 hisobida zafar quchishdi. O‘yindagi yagona golga Bobur Qosimov mualliflik qildi. Bahsdan so‘ng mazkur o‘yinchi uchrashuv borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Nima ham derdim, ikkinchi davrani barcha jamoalar juda qizg‘in boshlashdi. Jumladan «Mash’al» ham. Ikki turni safarda o‘tkazdik. Juda qiyin bahslarda to‘rt ochko jamg‘ardik va yana bir bor muhlislarimizni quvontirdik. Barcha do‘stlarimni va jamoadoshlarimni g‘alaba bilan chin yurakdan tabriklayman. Qolgan uchrashuvlarda ham g‘alaba qozonib bizga bildirilgan ishonchlarni oqlaymiz, - deydi Qosimov.

Fikrlar