
Bodibildingchilarimiz Janubiy Koreyada muvaffaqiyat qozonishmoqda
Ayni kunlarda Janubiy Koreyaning Cheju shahrida bodibilding va fitnesning WBPF yo‘nalishi bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasida 11-Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Chempionatda O‘zbekiston sport delegatsiyasi tarkibidan Temur Sobirov boshchiligidagi 2 nafar murabbiy, 2 nafar hakam va 12 nafar sportchi o‘rin olgan. Ularning sarf-xarajatlari Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan moliyalashtirilmoqda. Quvonarlisi vakillarimiz musobaqaning birinchi kuni bitta oltin va bitta kumush medalni qo‘lga kiritishdi.
Yana oldinda ikki kun bor va vakillarimizda yana medallar jamg‘arish imkoniyati bor.
Pavel Umurzaqov-oltin
Anjelina Osepyan -kumush
Fikrlar