Bogdan Guskov 1-raunddayoq raqibni "tinchitdi"!
Ayni paytda BAAning Abu-Dabi shahrida "UFC on ABC 9" turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Hozirgina asosiy kardning dastlabki jangi yakunlandi. Unda hamyurtimiz Bogdan Guskov oktagonga ko‘tarilib, rossiyalik Nikita Krylov bilan kuch sinashdi.
3 raundlik deya belgilangan bahs uzoq davom etmadi. Guskov 1-raunddayoq raqibni nokautga uchratib, UFC dagi ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu oqshomning markaziy jangida avstraliyalik Robert Uittaker niderlandiyalik Rene de Ridderga qarshi kurash olib boradi.
Fikrlar