Bogdan Gus'kov: "Keying raqibim va o'zaro jang sanasi ma'lum, biroq..."
UFC jangchisi, hamyurtimiz Bogdan Guskov keyingi rejalari haqida gapirdi.
"Yaqinda bo‘lib o‘tgan jangimdan jarohatlarsiz chiqdim. Hozir ham hammasi joyida. Ayni paytda keying raqibim va o‘zaro jang sanasi ma’lum, biroq hali shartnoma imzolanmagan. O‘ylaymanki, tez orada yangiliklar bo‘ladi. Hozir resurs to‘playapmiz, keyin esa - gaz!" – dedi vakilimiz.
Eslatib o‘tamiz, Bogdan Guskov oxirgi bor "UFC 323" turnirida Yan Blakhovichga qarshi oktagonga ko‘tarilib, o‘zaro durrang qayd etgandi.
Fikrlar