Boks bo‘yicha V.A.Zolotaryov turnirining final juftliklari ma’lum bo‘ldi
Andijon shahrida boks bo‘yicha V.A.Zolotaryov xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy turnir bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur musobaqada Respublikamizning turli hududlaridan 140 nafarga yaqin charm qo‘lqop ustasi ishtirok etyapti. Janglar 10 ta vazn toifasida 1999 yil va undan keyin tavallud topgan bokschilar ishtirokida o‘tkazilmoqda. 10 oktyabrdan start olgan ushbu musobaqa o‘zining hal qiluvchi pallasiga etib keldi. Ya’ni final juftliklari ma’lum bo‘ldi.
Quyida final ishtirokchilarini e’tiboringizga havola etamiz.
46-49 kg
Shodiyor Meliqo‘ziev (Farg‘ona) – Abdujamshid Mannopov (Farg‘ona)
52 kg
Shahzod Muzaffarov (UZB) – Samandar Yusupov (UZB)
56 kg
Samandar Xolmurodov (Jizzax) - Hurshid Rasuljonov (Farg‘ona)
60 kg
Sirojiddin Ismoilov ( Andijon) – Aydos Tagaybaev (UZB)
64 kg
Mujbillo Tursunov (Andijon) – Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev (Tosh. Vil)
69 kg
Sadimboy Nasriddinov (UZB) –Javlonbek Yuldashev (Andijon)
75 kg
Saidjamshid Jafarov (Buxoro)- Temur Sadullaev (Xorazm)
81 kg
Suhrob Qayumov ( Buxoro) – Shahzod Mauzerov (Surxondaryo)
91 kg
Qo‘ldoshboy Mamadaliev (Dinamo) – Javohir Tog‘aymurodov (Jizzax)
+91 kg
Lazizbek Mullajonov (Farg‘ona) – Jamshid Xudoyberganov (Xorazm)

Fikrlar