
Boks. Farzona Fozilova yarim finalda imkoniyatni boy berib qo‘ydi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Serbiyaning Nish shahrida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugunga kelib, bahslar o‘zining eng qizg‘in pallasiga etib keldi.
-48 kg vaznda yarim finalgacha etub kelgan vakilamiz Farzona Fozilova rossiyalik Yuliya Chumgalakovadan ochkolar evaziga engilib, bronza medaliga ega chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni Sabina Boboqulova va Hu Meiyi (Xitoy) to‘qnashuvi kutmoqda.
Fikrlar