Boks. Oxirgi uchta Osiyo chempionatida terma jamoamizning natijalari qanday edi?
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Mo'g'ulistonning Ulan-Bator shahrida kattalar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda va tabiiyki O'zbekiston terma jamoasi ham to'liq tarkib bilan qit’a birinchiligida ishtirok etyapti.
Albatta, bu safargi chempionatda ham vakillarimiz munosib ishtirok etishiga ishonamiz va o'z o'rnida O'zbekiston terma jamoasining oxirgi uchta Osiyo chempionatida qayd etgan natijalarini yodga olamiz.
2021 yil, Dubay.
18 ta medal (7 ta oltin, 6 ta kumush, 5 ta bronza). Umumjamoa hisobida Qozog'istondan so'ng 2 pog'ona egallandi.
Oltin:
Sitora Turdibekova (+57 kg)
Nodirjon Mirzahmedov (-49 kg)
Shahobiddin Zoirov (-52 kg)
Bobousmon Boturov (-69 kg)
Saidjamshid Jafarov (-75 kg)
Dilshodbek Ro'zmetov (-81 kg)
Bahodir Jalolov (+91 kg)
Kumush:
Mirazizbek Mirzakhalilov (-56 kg)
Gulasal Sultonalieva (-48 kg)
Sitora Shog'darova (-54 kg)
Navbahor Hamidova (-69 kg)
Mavluda Mavlonova (-75 kg)
Sohiba Ro'zmetova (-81 kg)
Bronza:
Moxinabonu Abdullaeva (-54 kg)
Mohira Abdullaeva (+81 kg)
Abdumalik Xalokov (-60 kg)
Elnur Abduraymov (-64 kg)
Sanjar Tursunov (-91 kg)
2022 yil, Amman.
12 ta medal (6 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza) bilan Umumjamoa hisobida Qozog'istondan so'ng, 2 o'rin egalandi.
Oltin:
Hasanboy Do'smatov (-51 kg)
Abdumalik Xalokov (-57 kg)
Ruslan Abdullaev (-63,5 kg)
Saidjamshid Jafarov (-75 kg)
Lazizbek Mullajonov (+92 kg)
Navbahor Hamidova (-66 kg)
Kumush:
Odiljon Aslonov (-81 kg)
Madiyar Sayidrahimov (-92 kg)
Sohiba Ro'zmetova (-75 kg)
Bronza:
Shahzod Muzaffarov (-54 kg)
Adhamjon Muhiddinov (-60 kg)
Asadx'oja Mo'ydinx'ojaev (-67 kg)
2024 yil, Chiangmay (Tailand)
19 ta medal (10 ta oltin, 6 ta kumush, 3 ta bronza) bilan terma jamoamiz yana shohsupaning eng yuqori pog'onasini zabt etdi.
Oltin:
Shodiyor Meliq'oziev (-49 kg)
Asilbek Jalilov (-51 kg)
Mirazizbek Mirzakhalilov (-57 kg)
Adhamjon Muhiddinov (63,5 kg)
Mujibullo Tursunov (-67 kg)
Javohir Ummataliyev (-75 kg)
To'rabek Habibullaev (-80 kg)
Farzona Fozilova (-48 kg)
Feruza Kazakova (-52 kg)
Navbahor Hamidova (-66 kg)
Kumush:
Shahzod Muzaffarov (-54 kg)
Havasbek Asadullaev (-71 kg)
Jasurbek Yo'ldoshev (-86 kg)
Aziza Yoqubova (-54 kg)
Nigina O'ktamova (-57 kg)
Aziza Zokirova (-75 kg)
Oltinoy Sotimboeva (+81 kg)
Bronza:
Jahongir Zokirov(+92 kg)
Sabina Boboqulova (-50 kg)
Sohiba Ro'zmetova (-81 kg)
Bu haqida O'zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Ko'rib turganingizdek, Osiyo chempionatida ishtirok etgan terma jamoalarimiz har safar munosib natijalar qayd etishgan. Umid qilamiz-ki, bu gal ham vakillarimiz yuqori natijalar qayd etishadi.
Fikrlar